1. Yig'iladigan ma'lumotlar
1.1 Akkaunt ma'lumotlari (siz o'zingiz taqdim etasiz)
Google yoki Apple orqali ro'yxatdan o'tganingizda biz quyidagilarni olamiz:
- Ism-familiya (agar provider tomonidan taqdim etilsa)
- Email manzil
- Profil rasmi URL (ixtiyoriy)
- Provider identifikatori (Google/Apple
uid)
Bu ma'lumotlar Firebase Authentication orqali xavfsiz saqlanadi.
1.2 Obuna holati
Sizning Premium obuna holatingiz, amal qilish muddati va avtomatik yangilanish sozlamalari Cloud Firestore'da saqlanadi.
1.3 Sun'iy intellekt so'rovlari (Bayan AI)
«Bayan AI» xizmatidan foydalanganingizda, siz kiritgan matn (arabcha jumla, so'rov, va h.k.) Google Gemini API'ga uzatiladi va javob qaytarib beriladi. Biz bu so'rov tarixini o'z serverimizda saqlamaymiz. Google Gemini siyosati: ai.google.dev/gemini-api/terms.
Eslatma: AI tomonidan qaytarilgan natijalar noaniq yoki xato bo'lishi mumkin (hallucinations). Muhim qarorlar yoki ilmiy yozuvlar uchun ularni mustaqil tekshiring.
1.4 Avtomatik yig'iladigan texnik ma'lumotlar
- Crashlytics — ilova to'satdan to'xtaganda: qurilma modeli, Android/iOS versiyasi, stack trace, ilova versiyasi. Shaxsiy ma'lumot (email, ism, kontent) jo'natilmaydi.
- Firebase Analytics — ilova ochilish, ekran ko'rilishi, sessiya davomiyligi, til sozlamasi. Shaxslantirilmagan agregat statistika.
- Firebase Remote Config va Storage — ilova konfiguratsiyasi va lug'at bazasini yetkazib berish. Bu yerda foydalanuvchi ma'lumoti yo'q.
1.5 Qurilmada saqlanadigan ma'lumotlar (off-device emas)
Quyidagilar faqat sizning qurilmangizda turadi va serverimizga jo'natilmaydi:
- Saqlangan so'zlar, so'nggi qidiruvlar, kollektsiyalaringiz
- O'qish progressi
- Foydalanuvchi sozlamalari (qora rejim, shrift hajmi)
2. Ma'lumotlar qanday ishlatiladi
- Akkauntingizni yaratish, autentifikatsiya qilish va boshqarish
- Premium obunangizning to'g'ri ishlashini ta'minlash
- AI so'rovlariga javob olish
- Ilova nosozliklarini aniqlash va tuzatish (Crashlytics)
- Ilovani funksional jihatdan takomillashtirish (anonim statistika)
Biz sizning ma'lumotlaringizni sotmaymiz, uchinchi shaxslarga reklama maqsadida bermaymiz va siz roziligingizsiz boshqa firmalar bilan ulashmaymiz.
3. Ma'lumotlarni uchinchi shaxslar bilan ulashish
Biz ma'lumotlaringizni faqat quyidagi xizmat ko'rsatuvchilarga (data processors), faqat zarur darajada uzatamiz:
| Xizmat | Maqsad | Ma'lumot |
|---|---|---|
| Google Firebase (Authentication, Firestore, Crashlytics, Remote Config, Storage) | Akkaunt va texnik infratuzilma | Email, uid, obuna holati, qurilma modeli |
| Google Gemini API | AI yordamchisi javoblari | Faqat sizning so'rov matningiz (saqlanmasdan o'tib ketadi) |
| Google Play Billing | Obuna to'lovini qabul qilish | Google sizning hisobingizdan tuzilgan obuna tokeni |
Reklama tarmoqlari ishlatilmaydi. Affiliate trekerlar yo'q.
4. Ma'lumotlarni saqlash muddati
- Akkaunt ma'lumotlari — akkauntingiz mavjud bo'lgan vaqt davomida saqlanadi
- Akkaunt o'chirilgandan keyin — 30 kun ichida butunlay o'chiriladi (Firestore + Authentication)
- Crashlytics nosozlik xabarlari — 90 kundan keyin avtomatik o'chiriladi
- AI so'rov matnlari — saqlanmaydi (faqat real vaqtda Gemini'ga yuboriladi)
5. Sizning huquqlaringiz
5.1 Akkauntingizni o'chirish
Akkauntingizni va u bilan bog'liq barcha ma'lumotlarni o'chirishning ikki yo'li bor:
- Ilova ichida: Profile → Hisob ma'lumotlari → «Akkauntni o'chirish» tugmasi. Tasdiqlangandan keyin 30 kun ichida o'chiriladi.
- Email orqali: albayanuz@gmail.com ga akkauntdagi email manzilingizdan xat yuboring.
- Veb-sayt orqali: alohida /account-deletion sahifasidagi qadamlarga amal qiling.
5.2 Boshqa huquqlar
- Ma'lumotlar nusxasini olish — albayanuz@gmail.com ga xat yuboring, 30 kun ichida javob beriladi
- Ma'lumotlarni to'g'rilash — ilova ichidan profil tahriri orqali
- Obunani bekor qilish — Google Play → Obunalar bo'limidan istalgan vaqtda
6. Ma'lumotlar xavfsizligi
- Lug'at bazasi (kontent) — Firebase Storage'da AES-256-GCM bilan shifrlangan holda saqlanadi va HTTPS orqali yetkaziladi
- Akkaunt ma'lumotlari — Firebase Authentication tomonidan sanoat standartlari bo'yicha himoyalangan
- Qurilma bilan aloqa — barcha tarmoq trafigi HTTPS/TLS orqali
7. Bolalar maxfiyligi
Ilova 13 yoshdan kichik bolalar uchun mo'ljallanmagan. Biz ulardan bilib turib ma'lumot yig'maymiz. Agar siz ota-ona/vasiy bo'lsangiz va bolangizning ma'lumoti bizga noqonuniy yo'l bilan kelganini bilsangiz, albayanuz@gmail.com ga xabar bering — biz darhol o'chiramiz.
8. Hududiy huquqlar (GDPR, CCPA va h.k.)
Yashagan mamlakatingiz qonuniga ko'ra qo'shimcha huquqlaringiz bo'lishi mumkin (masalan, Yevropa Ittifoqida — GDPR Article 15–22, Kaliforniyada — CCPA). Bu huquqlardan foydalanish uchun yuqoridagi email orqali murojaat qiling.
9. Google Play Data Safety bilan moslik
Bizning Google Play do'koni qaydidagi «Data Safety» bo'limi ushbu siyosatdagi e'lonlarga to'liq mos keladi.
10. Siyosatning o'zgarishi
Ushbu siyosat vaqti-vaqti bilan yangilanishi mumkin. Jiddiy o'zgarishlar bo'lganda (masalan, yangi ma'lumot turi yig'ilishi yoki yangi 3-shaxs xizmati qo'shilishi) ilovada ko'rinarli bildirishnoma chiqamiz.
11. Bog'lanish
Maxfiylik bilan bog'liq savollar yoki so'rovlar uchun: